O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 13-iyul kuni “Mash’al” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ayni vaqtda Toshkentda o‘quv-yig‘ini o‘tkazayotgan Viktor Jalilov shogirdlari ushbu yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Muborakliklarga qarshi kechgan uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Jaloliddin Masharipov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Maksimilian Fomin penaltini aniq amalga oshirdi. So‘nggi gol Shoxrux Dostonov tomonidan kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in 11-iyul kuni boshlangan va 16-iyulga qadar davom etadi.
Nazorat uchrashuvi.
O‘zbekiston OTJ – “Mash’al” 3:0Gollar: Jaloliddin Masharipov, Maksimilian Fomin, Shoxrux Dostonov.
O‘zbekiston OTJ: Akmal Tursunboyev (Alibek Turobov, 30), Rustam Ashurmatov, Javlon Mirabdullayev, Komil Sharofutdinov, Farxod Mirahmatov, Otabek Shukurov, Doniyor Usmonov, Nikita Yefremenko, Jaloliddin Masharipov, Temur Ayupov, Islombek Isoqjonov.Zaxiradan maydonga tushganlar: Asilbek Omonov, Maksimilian Fomin, Doston Tursunov, Abdulloh Olimov, Iskandar Shoyqulov, Timur Hakimov, Shoxnazar Norbekov, Quvondiq Ro‘ziyev, Murod Rajabov, Shoxrux Dostonov, Murod Bobojonov.
“Mash’al”: Javohir Ilyosov, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Allayev, Shaxzod Shaymanov, Jahongir Jiyamurodov, Jamshid Hasanov, Omonov, To‘rayev, Ivanov, Xolmurodov, Murtazoyev.Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Botir Nosirov, Maradona Safarov, Kochnev, Abdulla Nabiyev, Sirojiddin Rahmatullayev.
Izoh (0)