Ispaniya poytaxti Madrid shahrida yengil atletika bo‘yicha IAAF World Challenge turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil 194 sm balandlikni zabt etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, kumush medal sohibi bo‘lgan Levern Spenser ham aynan shu natijani qayd etdi. Mezbonlar vakilasi Rut Beytiya esa 196 sm ko‘rsatkich bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi aniqlik kiritishicha, Radzivil sent-lyusiyalik Levern Spenser bilan bir xil natija qayd etgan va ikkala sportchi ham kumush medali bilan taqdirlangan. Radzivil ushbu natijasi orqali Rio—2016 o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)