Ukraina Radikal partiyasidan deputat Oksana Korchinskaya Oliy Radaga Rossiya Federatsiyasini Rossiya deb atashni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Qonun loyihasiga berilgan izohda Rossiya va Rus hozirgi Ukraina joylashgan hududning tarixiy nomlanishi ekanligi aytiladi. Korchinskaya fikricha, Rossiya nomining RF sinonimi sifatida ishlatilishi Ukraina davlat suverenitetiga tajovuz qilish va “Ukraina fuqarolariga Ukraina davlatchiligining ‘vaqtinchalik’ ekanligini tajovuzkorona eslatish” hisoblanadi.
RFga muqobil nom sifatida deputat Moskoviya nomidan foydalanishni taklif qildi. Qonun loyihasida ushbu taqiqqa rioya qilmaslik holatlarida jarima qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)