AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Porter (DDG 78) raketa tashuvchi kemasi “mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga ko‘mak berish maqsadida” Qora dengizga kirdi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining mazkur kemasi Atlantic Resolve operatsiyasi doirasida Qora dengiz suvlarida bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning USS Ross raketa tashuvchi kemasi va Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Getman Sagaydichniy” fregati Qora dengizda mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.
Izoh (0)