The Street Barber taxallusi bilan tanilgan 26 yoshli Nazir Subhoniy sartaroshlik qiladi, deya xabar bermoqda “AdMe.ru”.
Haftaning olti kuni davomida u salonda sartaroshlik qiladi, yettinchi kuni esa Melburn ko‘chalariga chiqib, uysizlarning soch va soqollarini bepul oladi.
Nazir ish vaqtida ular bilan suhbatlasharkan, yangi hayotni boshlash uchun hech qachon kech emasligiga ularni ishontirishga harakat qiladi.
“Turmaklar ularga yangi hayot boshlashga yordam beradi, o‘zimga ham hammasini boshdan boshlash uchun bir imkoniyatdir”, — deydi Nazir.
Sartaroshning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi uzoq vaqt davomida giyohvand moddalarga bog‘lanib qolgandi, ko‘zguga qarashga kuch topolmasdi va atrofdagilardan uyalardi.
“Tekinga sartaroshlik qilish – mening yangi ‘narkotigim’. Yaxshilik qilish meni haqiqatan ham o‘nglamoqda”, — deya quvonadi Nazir.
Izoh (0)