Gretsiya xalqaro kreditorlar taklifi yuzasidan o‘tkaziladigan referendum arafasida rasman bankrot deya e’lon qilindi. Mamlakatning to‘lovga umuman imkoniyati yo‘qligini 3-iyul, juma kuni Yevropa moliyaviy barqarorlik jamg‘armasi (EFSF) qayd etdi. Bu haqda AFP agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari direktorlar kengashiga Gretsiya tomonidan qarz to‘lanmaganini ma’lum qildi. Bu esa mamlakatning EFSF oldidagi majburiyatlari bajarilmasligiga olib keldi”, — deyiladi xabarda.
Oldinroq Afina XVJga 1,54 milliard yevro to‘lashni kechiktirgandi (muddat 30-iyun, seshanba kuni nihoyasiga yetgan). Undan tashqari, Gretsiya aynan shu sanada yakunlangan yordam dasturini cho‘zdirish bo‘yicha ham bir qarorga kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 5-iyul kuni Gretsiyada aynan shu masalada umumxalq referendumi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)