Rossiya Tergov qo‘mitasi (TQ) 1998-yili Nefteyugansk meri Vladimir Petuxovga nisbatan uyushtirilgan suiqasd yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini qaytadan boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mazkur qotillik va boshqa bir qator og‘ir jinoyatlarning buyurtmachisi sifatida bevosita YuKOS rahbari Mixail Xodorkovskiy ishtirok etgan bo‘lishi mumkin”, - deydi TQ rasmiy vakili Vladimir Markin.Qayd etishlaricha, tergov ishi doirasida guvohlar va gumonlanuvchilar so‘roqqa tutilishi kutilmoqda, ular orasida katta ehtimol bilan Mixail Xodorkovskiy ham bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)