Gollivud aktyori Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li Patrik “Tun yarmidagi quyosh” nomli yapon dramasi remeykida bosh rolni ijro etadi, deb xabar beradi Deadline.
Aktrisa Bella Torn uning kinodagi sherigi sifatida qatnashadi. Kinoni suratga olish jarayoni 2015-yil sentabr oyida boshlanadi.
Ushbu film noyob genetik kasallik — quyosh nuriga yuqori ta’sirchanlikdan azob chekayotgan yosh ayol haqida hikoya qiladi. Film qahramoni musiqadan tasalli topib, tunlari gitara chalib, qo‘shiq kuylaydi.
21 yoshli Patrik Shvarsenegger bugungi kungacha uchta filmda: “Zahiradagi o‘yinchilar” (2006), “Sevgiga tutilib qoldi” (2012) va “Sinfdoshlar 2” (2013) larda suratga tushgan.
Izoh (0)