Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich o‘z hayotini qutqargani uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putindan minnatdor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Vladimir Putin o‘z maxsus xizmatlarining hisoboti bo‘yicha qaror qilishi — bu uning huquqi va uning ishi edi. U men bilan maslahatlashgani yo‘q, men albatta u meni olib ketib, hayotimni qutqarish haqida buyruq bergani va qo‘riqchilarimga buni amalga oshirishga imkon bergani uchun minnatdorman”, — dedi Yanukovich.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Yanukovich 2014-yil fevral oyida mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida Ukrainadan Rossiya hududiga o‘tib ketgan edi. 2015-yil fevral oyida Ukraina Oliy Radasi Yanukovichni prezident maqomidan mahrum qilish haqida qonun qabul qilgan, iyun oyida esa Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga ushbu qonunni g‘ayrikonstitutsiyaviy deb topishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Izoh (0)