20-iyun, shanba kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Abituriyentlar 20-iyul kuniga qadar soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul komissiyalariga kelib, o‘z hujjatlarini topshirishi mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, abituriyentning hujjatlari to‘plamida ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; ta’lim haqida hujjatning asl nusxasi (attestat, kollej/litsey diplomi); 086—U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; pasport nusxasi; 3,5×4,5 hajmda (pasportdagi kabi) 6 ta fotosurat bo‘lishi kerak.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatni shaxsan ko‘rsatadi.
Izoh (0)