Shimoliy Koreya joriy yil yozida so‘nggi yuz yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikni boshidan kechirmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“KXDRda davom etayotgan so‘nggi yuz yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik qishloq xo‘jaligiga ulkan zarar yetkazmoqda”, — deyiladi xabarda. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, yomg‘irlar yo‘qligidan butun mamlakatdagi guruch plantatsiyalari, ayniqsa Xvanxe va Pxyonan provinsiyalaridagi ekinlar nobud bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya qishloq xo‘jaligi 1990-yillar o‘rtalaridan buyon ham qurg‘oqchilik, ham suv toshqinlaridan bir necha marta ziyon ko‘rgan. G‘arb matbuoti bu davrda mamlakatda 100 minglab odamlar halok bo‘lgani haqida yozgan.
Izoh (0)