Misrda sud sobiq prezident Muhammad Mursiyga yakuniy hukmni chiqardi va uni 2011-yilgi inqilob chog‘ida “Musulmon birodarlar” harakati a’zolarining qamoqdan ommaviy qochishida aybdor deb topib, o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bundan tashqari, sud “Musulmon birodarlar” tashkiloti yetakchisi Muhammad Badini ham o‘lim jazosiga mahkum qildi.
Avvalroq, sud Mursiyni josuslik uchun umrbod, xorijiy radikal tashkilotlarga yordam bergani uchun 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Izoh (0)