Sardor Rahimxonning 2014-yil yakunlariga ko‘ra “Yil qo‘shig‘i” deb topilgan “Malikam” taronasi chet el xonandalaridan “ko‘chirilgan”. Bu haqda, “Darakchi” gazetasiga asoslanib, 12news.uz xabar bermoqda.
Nashr mualliflaridan biri o‘zbek estradasida plagiat holatlari uchrab turganini ta’kidlar ekan, Sardor Rahimxonning shunday “ijod mahsullari”dan biri eng yuksak mukofot bilan taqdirlanganini afsus bilan qayd etgan.
“Xonanda Bahrom Nazarov “Pari-pari” qo‘shig‘ini arman vokalisti Silva Xakobyandan, Sardor Rahimxon esa “Tushlarimga kiring, ota” qo‘shig‘ini qozoqcha taronadan ko‘chirgan. Darvoqe, Sardor Rahimxonning o‘g‘irlangan qo‘shiqlaridan biri – “Malikam endi qara” esa hatto “Yil qo‘shig‘i-2014” sovrinini qo‘lga kiritdi. Mas’ullarning qay biri bu kabi savollarga javob beradi?”, - deb yozadi muallif.
Izoh (0)