Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an eski prezident saroyi suvaraklar bilan to‘la bo‘lgani sabab, yangi saroy qurdirishga qaror qilgan. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, eski saroyga kelgan mehmon hojatxonaga kirib, “yugurib yurgan suvaraklarga ko‘zi tushishi mumkin edi”. “Shu sababli biz yangi saroy qurdirdik”, - dedi prezident.
Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, qiymati 615 million dollarga teng va mingta xonasi bor bu saroy turk millatining ramzi bo‘lib, uning qurilishi uchun sarflangan mablag‘ni “ortiqcha bo‘ldi”, deb bo‘lmaydi.
Avvalroq Erdo‘g‘anni o‘zi uchun haddan tashqari hashamatli saroy qurdirgani uchun tanqid qilishgandi.
Izoh (0)