May oyi oxirida Moskva shahrida “Jahon yoshlari – urushga qarshi” shiori ostida yirik gala-konsertlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi va Spivakov nomidagi Musiqa uyida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 2-sinf o‘quvchisi Asadbek Ayubjonov ham chiqish qildi.
Xabar berishlaricha, Asadbek Ayubjonov Rossiya Mudofaa vazirligining 90 sozandadan iborat simfonik orkestriga dirijyorlik qildi. Qayd etish joiz, konsertning barcha ishtirokchilari turli xalqaro, milliy va mintaqaviy tanlovlarning g‘oliblari sanaladi.