Kiyim ishlab chiqaruvchi Yaponiyaning Uniqlo kompaniyasi moda olamida Bibi ismi bilan mashhur qozog‘istonlik supermodel Bibisora Sharipova bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Model Uniqlo brendi reklamasida suratga tushishga ulgurdi.
Bibisora o‘z faoliyatini Olma-Otadagi modellik agentligida boshlagan. U 2014-yilda Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Moda haftaligida e’tiborga tushgan. Shundan so‘ng unga Vogue va Grazie kabi moda jurnallari shartnoma taklif qildi. U Benetton bilan doimiy hamkorlik qiladi. Shu bilan birga Yaponiyaning Tae Ashida va Ne-net moda brendlarida unga bo‘lgan talab kuchli.
Ostona modellik agentligi xodimi Abbos Kisikov xuddi Bibinikidek lablar faqat Anjelina Jolida bor ekanligini alohida ta’kidladi.
Izoh (0)