Taxminan 1967-yilda yig‘ilgan “Toshkent” nomli qo‘lbola avtomobil “Olx.uz” sayti orqali sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Avtomobil 1000 sm³ hajmli benzinli dvigatelga ega. Mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, u qariyb 10 yildan buyon garajda turgani bois hozirda harakatlanishga yaroqli emas, uni ta’mirlash talab etiladi.
Shuningdek, tegishli hujjatlar yo‘qligi sababli uni shahar ko‘chalarida harakatlantirib bo‘lmaydi. Avtomobil narxi uning egasi bilan shaxsiy uchrashuv chog‘ida kelishilishi aytilgan. Model kolleksionerlarga noyob eksponat sifatida qiziqarli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)