Poytaxt jamoat transportini boshqaruvchi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi yo‘lovchilarni avtobus reyslari oralig‘idagi vaqt ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu yoqilg‘i yetkazib berilishining 30 foizga qisqarishi bilan bog‘liq.
“Toshshahartransxizmat” ma’muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab qoldi. Bu qanchalik uzoq davom etishiga aniqlik kiritilmadi.
Izoh (0)