Uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Qirg‘izistonning eng daroz odami – Jenishbek Rayimbayev 1-iyun kuni Norin viloyatidagi uyida vafot etdi. Bu haqda “AKIpress” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Rayimbayev qandli diabet va boshqa kasalliklardan aziyat chekib kelardi. 2014-yili uning bir oyog‘i kesib tashlangan edi.
Bemorning davolanishi uchun Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 100 ming so‘m ajratgan, shuningdek, har oy 10 ming so‘m miqdorida stipendiya to‘lash haqida ko‘rsatma bergandi.
Qayd etishlaricha, Qirg‘izistonning eng daroz odami 3-iyun kuni Norin viloyati Aktala tumanidagi o‘zining ona qishlog‘i – Ko‘kjarga dafn etiladi.
Izoh (0)