AQSh Davlat kotibi Jon Kerri velosipeddan yiqilib, oyog‘i singach, Yevropa mamlakatlari bo‘ylab o‘z turnesini to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Kerri Madrid va Parijga tashrifini bekor qilib, davolanishga AQShga qaytib ketdi.
Ta’kidlanishicha, davlat kotibi hayoti xavf ostida emas, shifokorlar shikastlanishdan so‘ng u to‘liq qayta tiklanishiga umid qilmoqda.
Nashr eslatishicha, 31-may kuni Jon Kerri Fransiyaning Syonze shahri yaqinida velosipeddan yiqilgan va vertolyotda Jenevadagi kasalxonalardan biriga yetkazilgan edi. Kerri Bostonda davolanadi.
Izoh (0)