Yaponiya poytaxti Tokio shahri yaqinida 8,5 magnitudalik zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Silkinish Xonsyu orolining deyarli barcha hududlarida sezilgan. Zilzila o‘chog‘i dengiz tubidan 500 kilometr chuqurlikda, Ogasavara oroli yaqinida bo‘lgan. Tokioda devorlar qimirlagani qayd etilgan, tezyurar poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, Tokio yaqinida joylashgan 600 ta uyda elektr ta’minoti uzilib qolgan. Magnitudasi yuqoriligiga qaramay, o‘chog‘i ancha chuqurda bo‘lgani tufayli jiddiy vayrongarchiliklar kuzatilmagan. Jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)