Xitoy fuqarosi Nokia Lumia 920 yordamida o‘z hayotini saqlab qoldi, biroq Microsoft kompaniyasi uning o‘rniga yigitchaga arzon Lumia 640 XL smartfonini sovg‘a qildi, deya xabar bermoqda TJournal.
May oyida Gen Min ismli yigit o‘zining Lumia 920 smartfoniga tikilib, boshini egib turganida ustiga devor qulagan. Shifokorlar taxminicha, uning aynan shunday holatda turgani hayotini saqlab qolgan.
Microsoft’ning Xitoy bo‘linmasi vakillari hodisadan reklama maqsadida foydalanishga qaror qilib, kasalxonada yotgan Min huzuriga o‘z vakilini yangi Lumia 640 XL smartfoni bilan birga jo‘natdi.
Nashr ta’kidlashicha, Microsoft Lumia 920’ni undan yangiroq Lumia 930 bilan almashtirganida hozirgidek kulgili vaziyatga tushib qolmagan bo‘lardi. Lumia 640 XL undan ikki barobar arzon turadi.
Izoh (0)