Meksikada sodir bo‘lgan kuchli tornado oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 200 nafardan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Syudad-Akunya shahridagi yuzlab uylarga jiddiy zarar yetgan. Shaharda favqulodda holat e’lon qilingan. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan.
Meksikadagi tornado qo‘shni AQShning Texas shtatida o‘ta kuchli jalaga sabab bo‘lgan bo‘ron tufayli sodir bo‘lgan. Texasda kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilgan.
Izoh (0)