Xabaringiz bor, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yangi Zelandiyaga jo‘nab ketgandi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy tvitteri xabar qilishicha, yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya poytaxti Vellington shahrida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Panama U-20 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan.
“O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vellingtonda Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)