AQSH ma’muriyati Qrim aholisiga Amerikaning bepul internet-servislaridan foydalanishga ruxsat berdi. Kommersant.ru’ning yodga solishicha, AQSH tomonidan joriy etilgan sanksiyalar sabab qrimliklar bu servislardan foydalana olmay qolgandi.
Qayd etishlaricha, “bepul va keng tarqalgan internet-servislar”ga kirish yo‘llari ochilgan. Bunda gap ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, foto va videomateriallarni chop etish, brauzerlar va blog xizmatlari haqida bormoqda.
Ayni vaqtda AQSH tomonidan qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslar va kompaniyalarga bu kabi xizmatlar va servislarni eksport qilish taqiqlangan.
Izoh (0)