Janubiy Qozog‘iston viloyatining Chimkent shahrida yangi masjidning qurilish ishlari yakunlandi. 3000 kishini sig‘dira oladigan ushbu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomlari bilan ataldi, deb xabar bermoqda “Muslimaat.uz”.
Bu Shayx hazratlarining muxlislari uchun nihoyatda quvonchli xabar bo‘ldi. Ushbu maskan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomlari bilan atalgan O‘rta Osiyodagi ilk masjiddir. Eslatib o‘tamiz, bundan avval olimning nomidagi masjid dunyo bo‘yicha ilk bor Janubiy Koreyada ochilgan edi.
Chimkentdagi masjid ochilishi arafasida ehson marosimi o‘tkazildi. Masjid Janubiy Qozog‘iston muftiyati va tadbirkor Rahimjon Yo‘ldoshev tomonidan barpo qilingan. Bugungi ehsonga butun shahardan, madrasalardan mehmonlar tashrif buyurishdi. Uning qurilishi va bezak ishlarida milliy arxitektura an’analariga rioya qilingan bo‘lib, masjidning ichki tomoniga och feruza va zumrad ranglarda jilo berilgan.
Ma’lumot uchun, masjidning rasmiy ochilish marosimi 26-may kuniga mo‘ljallangan.
Izoh (0)