Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yakshanba kuni iste’foga chiqarilsa, faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
El País nashri tomonidan xabar qilinishicha, agarda “Barselona”dan Luis Enrike ketsa, uning o‘rniga Anchelotti taklif qilinishi mumkin. Enrike hamon klubdagi taqdiriga oydinlik kiritmagan.
Xabar qilinishicha, “Barselona” sport direktori Aredo Brayda avval “Milan”da Anchelotti bilan birga ishlagan va u bilan muzokara o‘tkazishga ham ulgurgan.
Izoh (0)