Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nojay−Yurt tumani ichki ishlar bo‘limining 47 yoshli boshlig‘i Najud Guchigov va 17 yoshli Luiza Goylabiyevaning to‘yida lezginka raqsiga tushdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent”.
Guchigov va Goylabiyevaning turmush qurgani 16-may kuni Grozniy nikoh saroyida guvohlar, mehmonlar va jurnalistlar ishtirokida qayd etilgan bo‘lib, to‘y marosimi Tantanalar saroyida o‘tkazilgan.
Avvalroq, Qodirov barchani ushbu to‘yga taklif qilgan edi. Kelin va kuyovning yoshidagi farq tufayli ushbu voqea ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Rossiya prezidentining bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Pavel Astaxov kelin majburan turmushga chiqayotgani haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)