Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” tashkilotining 105 nafar tarafdori o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
Hukm quyidagi jinoyat ishlari yakuni bo‘yicha chiqarilgan: qamoqxonadan ommaviy qochish, davlatga xiyonat va o‘z davlat foydasiga josuslik qilish. Davlatga xiyonat ishida Mursiyning ismi yo‘q edi.
Misr sobiq prezidenti 2011-yili yuz bergan qamoqxonadan ommaviy qochish ishi bo‘yicha o‘limga hukm qilingan. Endi ushbu hukmni Misr oliy muftiysi tasdiqlab berishi kerak.
Izoh (0)