Rossiya 201-harbiy bazasi bo‘linmasi harbiy xizmatchisining jasadi 14-may, payshanba kuni Tojikistonning Qo‘rg‘ontepa shahridan topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligidan xabar berishlaricha, shartnoma asosida xizmat qilgan 21 yoshli Mixail Borisov, dastlabki taxminlar bo‘yicha, “shaxsiy sabablarga ko‘ra o‘z joniga qasd qilib, halok bo‘lgan”.
Rossiya 201-harbiy bazasi qo‘mondonligi harbiy xizmatchining vafot etganini tasdiqladi va Rossiya harbiylari Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda “ushbu fojeali hodisa tafsilotlari” yuzasidan surishtiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Rossiyaning 201-harbiy bazasi garnizonlari Dushanbe, Qo‘rg‘ontepa va Ko‘lob shaharlarida joylashgan.
Izoh (0)