AQSHning Kaliforniya shtati to‘rtinchi yildirki jiddiy suv yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda, deya xabar bermoqda BigPicture.ru.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bu shtat hududida so‘nggi 1200 yil davomida kuzatilgan eng dahshatli qurg‘oqchilikdir.Qurg‘oqchilik natijasida ko‘l va daryolar qurib qolyapti, bog‘lar va dalalar esa minglab gektar jonsiz biyobonga aylanib qolmoqda. Hozirgi vaqtda bu qurg‘oqchilik va suvsizlik yaqin vaqt ichida chekinishini bildiruvchi birorta umidbaxsh belgi ham yo‘q.
Ushbu qurg‘oqchilik natijasida shtat ko‘rgan zarar 2 milliard dollardan oshib ketdi, 2014-yilning o‘zida 17 mingta fermerlik ish o‘rinlari yo‘qotildi. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda.
2015-yilning aprel oyida Kaliforniya shtati gubernatori Jerri Braun tarixda ilk bor ichimlik suvi iste’moliga cheklov belgiladi. Qurg‘oqchilik shtat aholisining 98 foiziga ta’sir qildi.
Ko‘pchilikning fikricha, shtatdagi qurg‘oqchilikka ko‘p jihatdan neft va gaz qazib oluvchi kompaniyalar sababchi, boshqa ba’zi mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra esa, shtatda ko‘p miqdorda nasha yetishtirilishi suvsizlikka sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)