Alberto Jakomettining “Ishora qilayotgan odam” asari Nyu-Yorkning Christie’s auksionidagi savdolarda 141,285 million dollarga sotildi. Bu bilan u auksionda sotilgan eng qimmat haykalga aylandi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
180 santimetrli bronza haykal 1947-yilda shveysariyalik usta tomonidan yasalgan. U Christie’s auksionidagi “O‘tmishga olg‘a” savdolarida eng qimmat lotlardan biri deb hisoblanayotgandi. Savdolardan oldin mutaxassislar uni 130 million dollarga baholagandi.
Haykalning noyobligi shundaki, usta unga o‘z qo‘llari bilan zeb bergan. Bungacha Jakomettining “Qadam tashlayotgan odam I” asari eng qimmat haykal hisoblanardi.
Izoh (0)