Gvatemala vitse-prezidenti Roksana Baldetti korrupsiya mojarosi sabab iste’foga chiqadi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Baldetti xonim ko‘ngilli ravishda iste’foga chiqmoqda va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bungacha u lavozimni tark etish haqidagi chaqiriqlarni bir necha bor inkor etgandi.
Qayd etishlaricha, Baldettining sobiq yordamchisi Xuan Kalos Monson Roxas nisbatan past bojxona to‘lovlarini joriy etilishi uchun amaldorlarga pora berilishini ta’minlaydigan jinoiy sxemani tashkil etishda gumon qilinmoqda.
Amaldorlarning ushbu g‘ayriqonuniy harakatlaridan davlatga yetkazilgan zarar millionlab dollarlarga teng ekani aytilmoqda. Hozircha tergov doirasida 27 kishi, jumladan, 3 advokat va hokimiyatning yuqori martabali vakillari hibsga olingan.
Izoh (0)