Ispaniya futbol federatsiyasi joriy yilning 16-mayidan barcha uy turnirlarini o‘tkazishni to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.
Ispaniya futboli rahbariyati tomonidan bunday qaror qabul qilinishiga mamlakat hukumati bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Ispaniya futbol federatsiyasi sport tadbirlarini namoyish etish huquqini sotish bo‘yicha kollektiv kelishuvlarga tegishli yangi qonundan norozi.
Shu tariqa, Primeraning so‘nggi bosqichlari va Ispaniya Kubogi finali o‘tkazilmasligi xavfi bor.
Izoh (0)