Twitter aprel oyida paydo bo‘lgan MS-DOS o‘yinlarini tvitga qo‘yish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydi, deb xabar beradi Meduza.
Kompaniya qoidalariga ko‘ra, boshqa saytlarga havola qo‘yganda chiqadigan audio va video kontentlarda interaktiv elementlar bo‘lishi mumkin emas.
Eski o‘yinlarni tvitga qo‘yish imkoniyatini Internet Archive taqdim etgandi. Foydalanuvchilarda o‘yinlarni Arxivning o‘zida yoki boshqa saytlarga qo‘yib o‘ynash imkoniyati saqlanib qoldi.