Toshkentning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini birlashtiruvchi yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Obyektning rasmiy ochilishi 9-may — O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni nishonlanadigan kunga mo‘ljallangan.
Facebook‘dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilari yozishicha, poytaxt aholisi ko‘prikning avtomobil va piyodalar uchun mo‘ljallangan qismlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
“Kechki sayr uchun ajoyib joy. Ba’zilar hattoki, futbol va tennis o‘ynamoqda. Baykerlar va rollerlar uchun ayni muddao bo‘lgan joy”, — deya qayd etdi guruh foydalanuvchilari.
Izoh (0)