Qutqaruvchilar zilziladan yetti kun o‘tib, Nepal shimolida xarobalar ostidan tirik qolgan 101 yoshli erkakni chiqarib oldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” mahalliy politsiyaga tayanib.
Politsiya vakili so‘zlariga ko‘ra, qariyani 2-may, shanba kuni o‘z uyi xarobalari tagidan topishgan. Ayni paytda u kasalxonada.
Avvalroq Nepal hukumati xarobalar ostidan zilzila natijasida tirik qolganlarni topishga umid qolmaganini tan olgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyi so‘nggida Nepalda sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 mingdan, jarohatlanganlar 14 mingdan oshib ketdi.
Izoh (0)