Toshkentdagi Milliy bank bosh binosi qarshisida Lacetti avtomobili halokatga uchradi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar berdi.
Post muallifi ilova qilgan suratlarda pachoq bo‘lgan Lacetti ag‘darilib yotganini, ko‘cha o‘rtasidagi panjaralaring 5—6 tasi har tomonga otilib ketganini ko‘rish mumkin.
Muallifning o‘zi suratlarga izoh bermagan, biroq voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa foydalanuvchilar vaziyatga oydinlik kiritgan. Ulardan biri yozishicha, avtomobil haydovchisi tirik qolgan, mashinada undan boshqa hech kim bo‘lmagan. Shuningdek, Lacetti 190 km/soat tezlikda harakatlangani xabar berilmoqda.
Guruh a’zolaridan yana biri pachoq bo‘lgan Lacetti’ning kunduz kuni olingan suratlari bilan bo‘lishgan.
Voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)