Rossiyaning “Progress M-27 M” yuk tashuvchi kosmik kemasi yaqinida topilgan bo‘laklar orbitasi tahlili kema tashuvchi raketadan ajralayotgan vaqtida portlash sodir bo‘lganiga ishora qilmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Hodisani tekshirish ishlariga yaqin bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, “portlash katta ehtimol bilan kema uchinchi bo‘limdan ajralayotgan vaqtida ro‘y bergan”.
AQSh harbiy-havo kuchlari kosmik markazining Vandenbergdagi bazasi tomonidan “Progress” va “Soyuz-2.1 a” tashuvchi raketasining uchinchi bo‘limi atrofida bir qancha bo‘laklar aniqlangan. Mutaxassislar topilgan parchalarning uzoq masofaga uloqtirib yuborilganiga e’tibor qaratdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Progress” aynan orbitaga chiqarilayotganida portlab ketganini isbotlovchi dalillar yetarli emas.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Progress M-27M” yuk tashuvchi kosmik kemasi nazoratni yo‘qotib, Yer orbitasidan tushib keta boshladi. Kema atmosferaning qalinroq qatlamlariga kirib, yonib ketadi.
Izoh (0)