Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyotlari Nepalda sodir bo‘lgan zilziladan keyin mamlakatni tark etish istagini bildirgan 128 kishini 29-aprelga o‘tar kechasi evakuatsiya qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Rossiya FVVning ikkita IL-76 samolyoti bortida Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Latviya, Ukraina va Isroil fuqarolari Nepalni tark etgan.
Samolyotlar Nepalga 100 ga yaqin qutqaruvchi, shuningdek qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida foydalanish va aholiga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus uskunalarni olib borgan. Bundan tashqari, Katmanduga 2 ming tonnadan ortiq gumanitar yuklar yetkazilgan. Yaqin vaqt ichida rossiyalik qutqaruvchilar Nepaldagi qidruv-qutqaruv ishlariga qo‘shiladi.
Izoh (0)