Rossiya maxsus xizmatlari o‘z vaqtida Shimoliy Kavkazdagi jangarilar hamda AQSH maxsus xizmatlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatilganini aniqlashgan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 aprel, yakshanba kuni “Rossiya 1” telekanali orqali namoyish etilgan “Prezident” filmida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Kavkazdagi jangarilar bilan AQSHning Ozarbayjondagi maxsus xizmat vakillari aloqaga chiqishgan, hatto, Rossiyaga xavf tug‘dirgan Shimoliy Kavkazdagi jangarilarga AQSH tomoni transport vositalari bilan ham yordam bergan.“Men bu haqda AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidentiga aytganimda, u bunga qarshi albatta chora ko‘rilishini bildirgandek bo‘lgandi. Oradan o‘n kun o‘tib esa qo‘l ostimdagilar, Federal xavfsizlik xizmati rahbarlari, AQSHdagi hamkasblaridan xat olishdi. Unda shunday deyilgandi: “Biz Rossiyadagi muxolifat kuchlarini har doim qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Bunga haqqimiz bor deb hisoblaymiz va bundan keyin ham ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, - dedi Putin.
Izoh (0)