Qozog‘iston Respublikasining amaldagi prezidenti Nursulton Nazarboyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar ovozlarining 97,7 foizini to‘pladi. Bu haqda respublika Markaziy saylov qo‘mitasi rahbari Quandiq Turganqulovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Kommunistik xalq partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi Turg‘un Sizdiqov 1,6%, kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Abulg‘ozi Kusainov 0,7% ovoz yig‘di.
MSK rahbari so‘zlariga ko‘ra, saylov qonunchiligiga muvofiq, MSK yakuniy natijalarni saylovlardan keyin yetti kun ichida, ya’ni 3-maygacha e’lon qiladi.
Izoh (0)