Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagani uchun Almazbek Atambayevga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Knews.kg”.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qayta saylanganim munosabati bilan yo‘llagan qizg‘in tabrigingiz va yaxshi tilaklaringiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman”, — deyiladi minnatdorchilik maktubida. Islom Karimov Almazbek Atambayevga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyat, Qirg‘iziston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabriklagani haqida 31-mart kuni xabar berilgan edi.
Izoh (0)