Checheniston maxsus topshiriqli bo‘linmasi jangchilari Ammandagi Maxsus topshiriqli kuchlar bo‘linmalarini tayyorlash qirollik markazida Iordaniya qiroli sovrini uchun bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Rossiya terma jamoasining Iordaniyadagi maxsus bo‘linmalar harbiylari o‘rtasidagi qirollik jahon chempionatidagi ishtiroki g‘alaba bilan yakunlandi! Jangchilarimiz mutlaq jahon chempioni bo‘ldi!. Va bu hammasi emas — jamoa chempionatning to‘rtta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi!” — deb yozdi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Izoh (0)