Biroz avval turmush qurgan, hozirda esa oilasining bag‘rida tinib-tinchib, baxtlar qurshovida sermazmun umr kechirayotgan xonanda Ruxshona va aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva haqida nihoyatda quvonchli xabar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Shok.uz”.
San’at olamida ham sermazmun ijod qilayotgan bu ijodkorlar farzand kutmoqda. Qayd etilishicha, ushbu yangilik xonandalar Farrux va Dilso‘zning to‘y bazmida ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Mango” guruhi solisti Farrux va xonanda Dilso‘zning to‘yi 15-aprel kuni Navoiy shahrida, 21-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)