Toshkentga sinov uchun olib kelingan siqilgan tabiiy gazda ishlovchi past polli MAN Lion’s City CNG shahar yo‘lovchi avtobusi Malayziyada yig‘ilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Nashrning qayd etishicha, 22-aprel, chorshanba kuni “O‘zavtosanoat” va “Toshshahartransxizmat” kompaniyalari rahbarlari, shuningdek hukumat a'zolari ishtirokida avtobusning taqdimoti bo‘lib o‘tgan.
Avtobus Toshkent jamoat transporti ranglariga bo‘yalgan, biroq aynan bir yo‘nalish uchun mo‘ljallanmagan. “Toshshahartransxizmat” aniqlik kiritishicha, avtobus tizimiga ko‘rgazma maqsadida besh yo‘nalish haqida ma’lumotlar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa nashrlar Toshkent ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan MAN avtobusi Samarqandda yig‘ilgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)