Rossiyaning Birinchi kanali tomonidan tashkil etilgan “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasi − o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Mustayeva o‘zi o‘qiydigan Toshkent shahridagi 94-maktabda ajoyib tarzda kutib olindi.
Ushbu tadbir aks etgan fotosuratlar Sabinaning oyisi tomonidan Facebook tarmog‘iga chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sabina Mustayeva 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Golos. Deti” teleloyihasi ikkinchi mavsumi finalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)