O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Ruminiyaning Buxarest shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Yakkalik bahslarida shov-shuvli tarzda dunyoning 289-raketkasi xorvatiyalik Nikola Mektichga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Istomin juftlikda ham “saf”dan chiqdi.
Denis 22-aprel kuni juftliklar musobaqasining ilk davrasida qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan birga filippinlik Tret Konrad Xyui hamda amerikalik Skott Lipski tandemiga 3:6, 4:6 hisobida yutqazdi va kamida kelasi dushanbagacha kichik ta’tilga chiqdi.
Izoh (0)