O‘ldirib ketilgan muxolifatchi siyosatchi Boris Nemsov hamda uning farzandlarining advokatlari Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi huzuridagi alohida muhim ishlar bo‘yicha bosh tergovchi Igor Krasnovga murojaat qilib, Chechenistonning bir qator yuqori lavozimli mansabdorlari, jumladan Ramzan Qodirovni “qotillikni tashkillashtirishga aloqadorlik” bo‘yicha so‘roq qilishni talab qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Nashrning eslatishicha, Nemsovning farzandlari avvalroq siyosatchining o‘ldirib ketilishi ishi bo‘yicha jabrlanuvchi deb tan olingan edi.
Advokatlar murojaatnomasida Nemsovning otib ketilishida gumon qilinuvchilar qo‘lga olinganida Checheniston rahbari aytgan gaplar keltiriladi. Shundan kelib chiqib, Qodirov “nafaqat qotillik ijrochilari, balki ushbu siyosiy qotillikning tashkilotchi va buyurtmachilari haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi mumkinligi” aytiladi.
Izoh (0)