Saudiya Arabistoni va uning koalitsiya bo‘yicha ittifoqdoshlari 21-aprel, seshanba kuni “Jasorat bo‘roni” operatsiyasi yakunlanganini e’lon qilgan bo‘lsa-da, Yaman bo‘ylab to‘rt marta zarba berdi, deb yozadi “TASS”.
Al Mayadeen telekanali xabariga ko‘ra, reydlar Saudiya qirolligi bilan chegaradosh bo‘lgan Saada provinsiyasiga amalga oshirilgan. Manbaxdagi tog‘li qishloqlar, Xamdandagi harbiy lager va boshqalar o‘qqa tutilgan.
Avvalroq “Ansar Alloh” shialar harakati vakili Muhammad al Keyraiy “arab koalitsiyasi”ning Yamandagi harbiy operatsiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi kutilmagan qarorini “boshlangan tajovuzning barbod bo‘lishi” deb baholagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya qo‘mondonligi vakili Ahmad al Asiriy Ar-Riyoddagi matbuot anjumanida koalitsiyaning “Jasorat bo‘roni” harbiy operatsiyasi Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy iltimosi bilan yakunlanini e’lon qilgan edi. Uning aytishicha, operatsiya to‘xtatilganiga qaramay, koalitsiya xusiylarning olg‘a siljishiga qarshilik qilishda davom etadi.
Izoh (0)